FOYDALI MODEL

O'zbekiston Respublikasi "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida" Qonunining 2002 yilning 29 avgustida tasdiqlangan yangi tahririga muvofiq sanoat namunasiga buyumning tashqi ko'rinishini belgilaydigan uning badiiy-konstruktorlik yechimlari taalluqli bo'ladi.

Foydali model sifatida ko‘rsatilgan ob’ekt, basharti u yangi bo‘lsa va uni sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi. Foydali model, basharti uning muhim alomatlari majmui texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo‘lmasa, yangi deb hisoblanadi.

Talabnoma topshirilgan foydali model amalga oshirishi mumkin bo‘lgan vazifalarni bajara oladigan vositalar haqidagi hamma foydalana oladigan barcha ma’lumotlar, shuningdek ularni qo‘llashga doir ma’lumotlar texnika taraqqiyoti darajasiga kiritiladi. Foydali model, basharti undan amalda foydalanish imkoni bo‘lsa, sanoatda qo‘llash mumkin deb hisoblanadi.

Basharti foydali modelga oid talabnoma, shu foydali modelga taalluqli ma’lumot muallif, talabnoma beruvchi yoki ulardan bevosita yoxud bilvosita ushbu ma’lumotni olgan boshqa har qanday shaxs tomonidan ommaviy tarzda oshkor qilingan sanadan boshlab olti oydan kechiktirmay Patent idorasiga topshirilgan bo‘lsa, bu holat foydali modelning yangiligiga ta’sir ko‘rsatadigan vaziyat sifatida e’tirof etilmaydi. Bunday holda ushbu faktni isbotlab berish vazifasi muallif, talabnoma beruvchi zimmasida bo‘ladi.

Amaliyotbop qilib tayyorlangan ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlari, shuningdek ularning tarkibiy qismlari foydali modellar jumlasiga kiradi.

Sanoat namunasi sifatida talabnoma berilgan ob'ektga, agar u yangi va original bo'lsa, huquqiy muhofaza beriladi. Bosma mahsulotlar, arxitektura ob'ektlari (kichik arxitektura shakllaridan tashqari), sanoat, gidrotexnika va boshqa muqim inshootlar, suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki ularga o'xshash moddalardan tayyorlangan mustahkam bo'lmagan shakldagi ob'ektlar, buyumning mutlaq texnik funksiyasidan kelib chiqadigan yechimlar, jamoatchilik manfaatlari, insonparvarlik va ahloq prinsiplarilariga qarshi keladigan yechimlar sanoat namunasi sifatida hisoblanmaydi. Sanoat namunasiga berilgan patent talabnoma O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligiga topshirilgan sanadan boshlab patent bojlari to'langan holda o'n yil davomida amal qiladi.