Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston milliy universitetida seminar oʼtkazildi

05.02.2020

2020 yil 5 fevral kuni Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universitetining majlislar zalida seminar oʼtkazildi.

Seminarda Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi, Аgentlikning “Intelektual mulk konsultativ markazi” davlat unitar korxonasi hamda Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston milliy universitetida tashkil etilgan TIQQM masʼul xodimlari maʼruza bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda maʼruzachilar tomonidan universitetning TIQQM faoliyati toʼgʼrisida, shuningdek, “Ixtirolar va foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari” hamda “Ixtirolar va foydali modellarning patent bazalaridan foydalanish” haqida gapirib oʼtildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida oʼtkazildi, universitetining professor-oʼqituvchilari va yosh ilmiy xodimlari oʼzlarini qiziqtirgan intellektual mulk sohasidagi savollariga javoblar oldilar.

>

_