O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi qoshidagi "Intellektual mulk konsultativ markazi" davlat unitar korxonasi direktorining korruptsiyaga qarshi kurash boʼyicha
MUROJААTNOMАSI

15.09.2020

Hurmatli hamkasblar!

Keyingi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korruptsiyaga qarshi munosabatni shakllantirishga yoʼnaltirilgan tizimli choralar koʼrildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasida “Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib boʼlmaydi, umuman jamiyatning birorta tarmogʼi rivojlanmaydi”, deb taʼkidladilar.

Ayniqsa, vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish maqsadida parlament va Prezidentga hisob beradigan, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan alohida organ — Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilishi korruptsiya holatini tizimli tahlil qilish taʼminlaydi.

Shu maʼnoda, mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashning muvaffaqiyati, birinchi navbatda, har birimizning oʼz vazifamizga chuqur masʼuliyat bilan yondashishimizga bogʼliq.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi qoshidagi Intellektual mulk konsultativ markazi tomonidan ushbu illatga qarshi kurashish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar hamda korruptsiyani oldini olish boʼyicha ish rejasi ishlab chiqilgan. Agentlik yurtboshimiz Murojaatnomada qayd etganlaridek, korruptsiyaga qarshi profilaktika ishlariga jiddiy eʼtibor qaratib, xodimlarni halollikka rioya qilish boʼyicha qatʼiy tartib oʼrnatgan.

Jumladan, tizimda korruptsiya xavfini baholab borish, xodimlar oʼrtasida korruptsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borish, ularni ichki meʼyoriy hujjatlar bilan tanishtirib, ogohligini oshirish, informatsion texnologiyalarni qoʼllash orqali samarali nazoratni oʼrnatish boʼyicha jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Korruptsiyaga befarqlik bilan qarash uning ildiz otishiga sabab boʼladi. Bu illatga qarshi kurashni oʼzimizdan boshlashimiz zarur. Shundagina biz jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlashga, fuqarolarning qonun va davlat idoralariga ishonchini mustahkamlash, eng yuqori darajadagi qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirishga erishamiz.

Men sohada ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash, korruptsiyaga qarshi kurashning xalqaro andozalarga javob beradigan islohotlarni bundan buyon ham qatʼiy davom ettirish tarafdoriman va Sizlarni ham bunga amal qilishingiz ustuvor maqsad hisoblanadi.

Intellektual mulk konsultativ markazi korruptsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishda birinchi navbatda, fuqarolar faolligiga va tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlaydi.

Markaz barcha fuqarolar va xodimlarni korruptsiyaga qarshi kurashga chaqirib, korruptsiya bilan bogʼliq holatlar kuzatilgan taqdirda oʼz ariza va shikoyatlarni ipcenter@ima.uz elektron pochtasiga yuborish yoki (71) 232-50-54 ishonch telefoniga murojaat qilishlarini soʼrab qolamiz.

Prezidentimiz 2019 yil 27 may kuni imzolagan “Oʼzbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi Farmonga binoan davlat organlari oʼz zimmalariga yuklangan vazifa va funktsiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korruptsiya xavf-xatarlarini vaqti-vaqti bilan majburiy ravishda baholab borishlari lozim. Agar davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari korruptsiya xavf-xatarlarini oʼz vaqtida aniqlamasalar hamda tegishli baho bermasalar, shuningdek, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarni takroran sodir etish holatlariga yoʼl qoʼysalar, shaxsan javobgar boʼlishlari belgilangan.

Shundan kelib chiqib, tizim xodimlari oʼrtasida korruptsiyaga qarshi yalpi murosasiz kurash eʼlon qilishni taklif qilaman.

Tizimda mehnat qilayotganlarni yana bir bor halollik, xolislikni taʼminlashga, adolat va haqiqat yoʼlida qatʼiyatli boʼlishga chaqiraman. Zero har qanday yuksak ahloq va maʼnaviyat hukm surgan davlat yanada obod va farovon boʼladi.

_