Intellektual mulk konsultativ markazi jamoasi 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaydi

14.01.2022

Hurmatli Vatan himoyachilari!

Sizlarni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutlaymiz!

Yurtimizning jasur oʼgʼlonlari sharafli kasb hisoblangan Vatan himoyasida mardlik, shijoat, fidoyilik, yuksak matonat doimo hamrohingiz boʼlsin!

Ushbu ayyomda Vatan himoyasi, oilasi tinchligini asrashga hamisha tayyor, Vatanimiz sarhadlarini koʼz qorachigʼidek qo'riqlayotgan mard va jasur oʼgʼlonlarga yurtimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda sihat-salomatlik, kuch-gʼayrat, oilalaringizga esa fayz-baraka, baxt-saodat yor boʼlishini tilaymiz!

Vatanimiz qudrati, harbiy salohiyati yanada mustahkam bo'lsin, yurtparvar, shijoatli, jasur yurt farzandlari xalqimiz baxtiga hamisha omon bo'lishsin!

Hurmat bilan, Intellektual mulk konsultativ markazi jamoasi

_