Buxoroda Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi bo'yicha seminar o'tkazildi

20.08.2019

Joriy yilning 9 avgust kuni Buxoro viloyat adliya boshqarmasi va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamkorligida mamlakatimizda intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar, intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofazasini ta'minlash bo'yicha "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusiga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.

Tadbirda Intellektual mulk agentligining mas'ul xodimlari o'z ma'ruzalari bilan bilan ishtirok etdilar.

Seminar qatnashchilariga jamiyatda intellektual mulk ob'ektlariga bo'lgan huquqqa nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tushunchalar berildi va ular o'zlarini qiziqtirgan savollariga ma'ruzachilar tomonidan to'laqonli javoblar oldilar.

_