Sirdaryo viloyatida “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

20.08.2019

Joriy yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda intellektual mulk sohasidagi islohotlar, jamiyatda intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqqa nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirish bo‘yicha “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilariga Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan Agentlikning asosiy vazifalari, mamlakatimizda muhofaza qilinadigan intellektual mulki ob’ektlari, tovar belgilarining turlari, kontrafakt mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tadbirda ishtirok etgan xududiy boshqaruv organlari, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ularni qiziqtirgan savollaraga batafsil javoblar olishdi. Seminar ishtirokchilariga Intellektual mulk agentligi tomonidan tayyorlangan tarqatma materiallar taqdim etildi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga sohaga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati etkazilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

_