Andijon davlat universiteti TIQQMda navbatdagi seminar o’tkazildi.

05.03.2021

2021 yil 5-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk konsultativ markazi vakillari tomonidan Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida ”Intellektual mulk muxofazasi va himoyasi” hamda “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminarda Andijon davlat universitetning prorektori Rasulov Bahtiyor Mahmudjonovich va professor-o’qituvchilari, Andijon davlat tibbiyot, Andijon qishloq xo’jaligi hamda Andijon mashunasozlik institutlarining professor-o’qituvchilari va yosh olimlari shtirok etdilar.

Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk konsultativ markazi vakillari Sunnatulla Rahmonov va Feruza Ergashevalar tomonidan “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish”, “Intellektual mulkning patentga layoqatliligi", talabnomalar mazmuni va ularni topshirish, IMOga huquqiy muhofazani ta’minlash shartlari” to’g’risida ma’ruza qildilar.

Shuningdek, seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

Seminar yakunida olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

_