"Intellektual mulk konsultativ markazi"
Davlat unitar korxonasi

Axborot texnologiyalari va TIQQM faoliyatini muvofiqlashtirish bo'limi




Тел:71 237 04 95
E-mail: s.rahmanov@ima.uz

Vazifalari

- markaz telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, takomillashtirish va barqaror ishlashini ta‘minlash;

- ishni tashkil etishda yangi, shu jumladan, zamonaviy axborot texnologiyalari asosidagi ish uslublarini tadbiq etish va takomillashtirish;

- konsultativ xizmatlarni taqdim etish jarayonini axborotlashtirishga oid muammolarni kompleks hal etish, Markazning intellektual mulk sohasidagi axborot-tashviqot bazasini shakllantirish va rivojlantirish;

- ilmiy-tadqiqot muassasalari, texnoparklar va TIQQMlarning boshqa ehtimoliy ishtirokchilari salohiyatini va ularni jalb etish bo‘yicha bajarilishi mumkin bolgan chora-tadbirlarni o‘rganish;

- texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash tarmogini kengaytirish va rivojlantirish.

Majburiyatlar

- axborot resurslari-lokal tarmoqlar, veb-saytlarga kirishni ma‘muriy boshqarish, tashkillashtirish va nazorat qilish, ularning ishlash qobiliyatini hamda xavfsizligini ta‘minlash;

- ichki elektron hujjat almashinuvi tizimini rivojlantirish;

- rasmiy saytga ma‘lumotlarning (yangiliklar, huquqiy aktlar, bildirgilar, faoliyat to‘g‘risidagi hisobotlar va boshqa ma‘lumotlar) o‘z vaqtida joylashtirilishini ta‘minlash;

- ilmiy anjumanlar, forumlar, seminarlarni o‘tkazishda, shu jumladan, tarmoq doirasida shu kabi tadbirlarni o‘tkazishda texnik ko‘makni tashkillashtirish;

- ma‘lumotlarni uzatish, saqlash va arxivlashtirishning zamonaviy texnologiyalarini tadbiq etish, ma‘lumotlarni uzatish tarmoqlarini qurish, tarmoq va server uskunalarini, personal tizimlar hamda ma‘lumotlar bazalarini boshqarish.

__________