"Fizika-quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika texnika instituti qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi tashkil etilishi yo'lga qo'yilmoqda

21.02.2018

S.A. Azimov nomidagi "Fizika-quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika texnika instituti Intellektual mulk agentligi "IP-CENTER" - intellektual mulk sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha o'quv markazi bilan hamkorlikda institut qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi tashkil etilishi bo'yicha bir qator masalalar kelishib olindi.

"Fizika-quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika texnika instituti qoshida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo'llab-quvvatlash Markazi tashkil etilishi yo'lga qo'yilmoqda Jumladan, "Fizika-quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi direktori N.R. Avezova va "IP-CENTER" o'quv markazi direktori M.S. Mansurov tomonidan Markazni tashkil etish to'g'risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar ro'yxati hamda tashkilotlar o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi Bitim hujjatlari imzolandi.

__________