Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tadbirkorlari ishtirokida ishtirokida seminar o‘tkazildi

11.04.2019

2019 yil 11 aprely kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, xamda agentligning “IP-Center” DUKsi va Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mintaqaning tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida "Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida seminar o‘tkazdi.

Seminarlarda mahalliy hokimiyat organlari xodimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining viloyatdagi hududiy bo‘linmalari vakillari, tadbirkorlik sub’ektlari (savdo, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi korxonalar) vakillari, ta’lim muassasalar talaba va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan sohaga oid savollariga huquqni qo‘llash amaliyotidan kelib chiqqan holda to‘liq asoslangan javoblar oldilar.

Seminar yakunida yoritib berilgan ma’lumotlarni mustaxkamlash maqsadida ishtirokchilarga soxaga oid buklet va qo‘shimcha materiallar tarqatildi.

_