Tasdiqlangan Tarmoq garfigi doirasida navbatdagi koʼchma seminar Qarshida boʼlib oʼtdi

2019 yil 24 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Sanoat mulki obʼektlarining ustuvorligini belgilash”, “Ixtirolar va foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari” mavzularida koʼchma seminar oʼtkazildi.

Mazkur koʼchma seminar Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi “IP-Center” DUK oʼquv markazi tomonidan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti maʼmuriyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminarda “IP-Center” DUK oʼquv markazining mutaxassislari seminar ishtirokchilariga patent-axborot qidiruvini amalga oshirish, patent hujjatlari bilan ishlash usullari va ularning afzalliklari, qidiruvni amalga oshirish uchun patent bazasini tanlash va patent qidiruvining turlari haqida batafsil axborot berdilar.

Shuningdek, seminar ishi doirasida “IP-Center” DUK oʼquv markazining mutaxassislari tomonidan Intellektual mulk agentligining, Rossiya Sanoat mulki Federalь institutining axborot-qidiruvi tizimlaridan, jumladan, Espacenet patent bazasidan, Yevroosiyo patent-qidiruv tizimi va АQSh patent idorasi bazasidan foydalanish tartib-qoidalari va shu sohaga oid boshqa masalalarga alohida toʼxtalib oʼtdilar.

Seminar yakunida uning barcha ishtirokichlariga intellektual mulk sohasiga doir mavzulardagi axborotlar jamlangan bukletlar va tarqatma materiallar topshirildi.

__________