2019 yil 16 va 17 may kunlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, agentligning “IP-Center” DUKsi xamda Navoi va Buhoro viloyatlari Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mintaqalarning tadbirkorlik sub'ektlari vakillari ishtirokida "Intellektual mulk ob'ektlarining huquqiy muhofazasi" mavzusida navbatdagi seminarlar o'tkazdi.
Seminarlarda mahalliy hokimiyat organlari xodimlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining viloyatdagi hududiy bo‘linmalari vakillari, tadbirkorlik sub’ektlari: savdo, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi korxonalar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan sohaga oid savollariga huquqni qo‘llash amaliyotidan kelib chiqqan holda to‘liq asoslangan javoblar oldilar.
Seminar yakunida yoritib berilgan ma’lumotlarni mustaxkamlash maqsadida ishtirokchilarga soxaga oid buklet va qo‘shimcha materiallar tarqatildi.