“Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasida seminar o’tkazildi.

2019-yil 23-avgust kuni “Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasi direksiyasida "O'zbekistonda intellektual mulkning huquqiy muhofazasi" mavzusida navbatdagi seminar o'tkazdi.

Seminarda “Navoiy” Erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat ko'rsatayotgan korxona vakillari, tadbirkorlar va direksiya xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda "Intellektual mulk konsultativ markazi" davlat unitar korxonasining vakili tomonidan intellektual mulkning patentga layoqatliligi, talabnomalar mazmuni va ularni topshirish tartibi, IMOga huquqiy muhofazani ta'minlash shartlari to'g'risida ma'ruza qilindi.

Taqdimot yakunida seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

Tadbir yakunida taqdimotda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

__________