Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi

2018 yil 22 fevralda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bazasida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi va Agentlik qoshidagi “IP-Center” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” (TIQQM) tashkil etildi.

TIQQM institut bazasida tashkil etilgan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan innovatsion tuzilma hisoblanadi.

TIQQM quyidagi hujjatlarga asoslangan holda tuzilgan:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi 3365-son Qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilma¬sini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar”;

– 2017 yil 6 oktyabrda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi o‘rtasida imzolangan «O‘zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha Memorandum”;

– 2018 yil 1 fevralda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida TIQQMlarini tashkil etish” loyihasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi markaz - «IP-CENTER» DUK va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o‘rtasidagi Hamkorlik bitimi”.

Mazkur TIQQM intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish sohasida TIQQMlari xizmatlaridan foydalanuvchilarga axborot va ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish orqali O‘zbekiston Respublikasining innovatsion salohiyatini oshirish maqsadida tuzildi.

TIQQMning vazifalari:

- ixtirolar va foydali modellar bo‘yicha patent olish, jumladan RST protsedurasi bo‘yicha patentlarni xalqaro muhofaza qilishga ko‘maklashish;

- ilmiy-texnik axborotlardan, jumladan intellektual mulk sohasidagi ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, innovatsion faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlari va individualь ixtirochilarga IMA hamda BIMTning patent va nopatent axborot resurslari, shuningdek, boshqa axborot resurslariga kirish imkoniyatiga erishishda yordam ko‘rsatish orqali mamlakatning innovatsion tarqqiyotiga xizmat qilish;

- intellektual faoliyat natijalarini yaratishni va ulardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish;

- intellektual mulk natijalaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish nazariyasi hamda amaliyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiyalar va o‘quv seminarlari tashkil etish, ularga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazishda, shuningdek, intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi asoslari to‘g‘risdagi ilmiy-uslubiy va axborot materiallarini tarqatishda ishtirok etish orqali jamiyatda innovatsion faoliyatni targ‘ib qilish va ommalashtirish;

- huquqiy muhofazaga ega bo‘lgan intellektual mulk ob’ektlarini ularni xalqaro bozorga kiritish bilan birga kelgusida kommertsializatsiya qilish maqsadida texnologiyalar transferini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatish.

TIQQM institut xodimlariga (bepul va birinchi navbatda), innovatsiyalar va texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha kontragentlarga, shuningdek, chet tashkilotlar, xususiy tadqiqotchilar va boshqa barcha manfaatdor shaxslarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:

- institutning, shuningdek, chet tashkilotlar, xususiy tadqiqotchilar va boshqa barcha manfaatdor shaxslarning ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va boshqa turdagi innovatsion faoliyati natijalari uchun patent olishga talabnoma materiallarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar;

- texnik ma’lumotlardan foydalanish: BIMT va IMAning patent va nopatent ma’lumotlar bazasiga (jumladan, ishlanmalar va innovatsiyalar bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalar (ARDI) va ixtisoslashtirilgan patent ma’lumotlariga (ASPI) kirish imkoniyatini taqdim etish;

- topshirilayotgan talabnomalar sifatini yaxshilash va benuqsonligini oshirish, shuningdek, sanoat mulki ob’ektlari uchun patentlar sonini oshirish maqsadida patent qidiruvini amalga oshirishni o‘rgatish;

- ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda patent qidiruvini amalga oshirishda ma’lumotlarni qidirib topishga ko‘mak berish;

- O‘zbekiston Respublikasida, kelgusida RST protsedurasi bo‘yicha patentlarni xalqaro himoya qilish imkoniyati bilan huquqiy muhofazani olishda ko‘mak ko‘rsatish;

- sanoat mulki ob’ektlarini kommertsiyalizatsiya qilishda ular uchun litsenzion shartnomalarning imzolanishida konsultativ yordam ko‘rsatish;

- intellektual mulk sohasida TIQQMlar koordinatoridan qabul qilingan axborot materiallarini tarqatish;

- intellektual mulk sohasiga odi qonunchilik bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni taqdim etish.

Barchani bizning o‘quv kurslarimizda o‘qishga va intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi bilimlarni yanada chuqurroq o‘zlashtirishga chorlaymiz!

Tashkilot nomi:

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti

Manzil:

180100 Qarshi sh. Mustaqillik shoxko'chasi 225

Bog'lanish:

Tel.:75 221 09 23

Faks:75 224 08 36

E-mail: atm@qmii.uz

Ish vaqti: Dushanba – Shanba 9:00 - 18:00

Tushlik: 13:00 - 14:00. Yakshanba dam olish kuni

Muassasa rahbari
(F.I.SH., lavozimi):

Rektor: Maxmudov Nazirila Nasimxanovich

Tel.: 75 224 13 95

E-mail: kiei_info@edu.uz

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor:Botirov Zafar Lutfullaevich

Tel.: 75 221 06 27

E-mail: prorektore@qmii.uz

TIQQM xodimlari (F.I.SH., lavozimi):

Kurbanov Sherzod Baxtiyorovich,TIQQM Qashqadaryo viloat mutaxassisi

Tel.: 91 227 81 82

E-mail: Sherzod.020508@mail.ru

Mamatov Farmon Murtozevich, TIQQM Qashqadaryo viloat mutaxassisi

Tel.: 90 667 50 85

E-mail: fmamatov@mail.ru

___________________________________________________________________________________________________________