Navbatdagi texnologiyalar va innovatsiyalar qo‘llab-quvvatlash markazi Samarqandda tashkil etildi.

2019 yil 26 iyul kuni Samarqand shahri Veterinariya meditsinasi institutida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi vakillarining institut rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tibbiyot sohasida bo‘lgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini (TIQQM) tuzish masalasi muhokama qilindi. Delegatsiya tashrifi doirasida TIQQMni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati va «IP-CENTER – intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazi” hamda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida 16/ЦПТИ-sonli Bitim imzolandi.

__________