TIQQMlarini tashkil etish protsedurasi (amaliyoti)


2017 yilda O‘zbekiston Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)ning Technology and Innovation SupportCenters (TISCs) - Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari (TIQQMlari) tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha loyihasiga a’zo bo‘ldi va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agenligi hamda BIMT o‘rtasida hamjiahtlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Ushbu loyihaning O‘zbekiston Respublikasidagi Muvofiqlashtiruvchi markazi (focal point) «IP-CENTER» DUK hisoblanadi.

Intellektual mulk agentligi tomonidan «IP-CENTER» DUKga O‘zbekiston Respublikasida davlat va nodavlat tashkilotlari bilan TIQQMlarini tashkil etish to‘g‘risida shartnomalar tuzish vakolati berilgan. TIQQMlari qaysi tashkilot bazasida tuzilgan bo‘lsa, o‘sha tashkilotning ma’muriy boshqaruvi ostida bo‘ladi, uning xodimlari TIQQMi xodimlar shtatini tashkil etadi.

TIQQMlari tarmog‘ini tashkil etish – 2009 yilda BIMT tomonidan mamlakatlar va regionlarning innovatsion salohiyatini o‘stirishga imkon yaratish maqsadida ilgari surilgan xalqaro loyiha hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasida TIQQMlarini tashkil etish bo‘yicha faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi PQ-3365-son Qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infrastrukturasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi”ga, shuningdek, O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti o‘rtasida 2017 yil 6 oktyabrda tuzilgan “O‘zbekiston Respublikasida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish bo‘yicha Memorandum”ga muvofiq amalga oshiriladi.

TIQQMlari yuridik shaxs hisoblanmaydi, balki xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bazasida, uning kadrlari, moddiy-texnik boyliklari va boshqa imkoniyatlaridan foydalangan holda tuzilgan bo‘linma sifatida faoliyat yuritadi.

TIQQMlari pulsiz xizmatlar minimumini ko‘rsatish bo‘yicha qator majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ular, shuningdek, pulli xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin. TIQQMlarining huquq va majburiyatlari, ular tomonidan ko‘rsatiladigan bepul va pullik xizmatlar ro‘yxati, shuningdek, TIQQMlari foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazalarining ro‘yxati «IP-Center» DUK hamda bazasida TIQQMi tashkil etilayotgan tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnoma bilan tartibga solinadi.

TIQQMlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari intellektual mulk sohasiga oid bilimlarni ommalashtirish va targ‘ib qilish, IMA va BIMT ekspertlarini jalb etgan holda o‘quv seminarlarini tashkil etish, ixtirochilar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun patentga oid va boshqa ilmiy-texnik ma’lumotlar (referatlar hamda to‘liq matnli ma’lumotlar bazalari)dan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish va ular bilan bog‘liq xizmatlarni (qidiruvni amalga oshirish, intellektual mulk sohasiga oid amaldagi qonunchilikka muvofiq talabnoma topshirish bo‘yicha maslahatlar berish, IMA mutaxassislaridan konsulьtatsiyaviy ko‘mak olish tartib-qoidalarini tushuntirish) ko‘rsatishdan iborat.

«IP-Center» DUK patentga oid va boshqa ilmiy-texnik ma’lumotlardan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratadi, o‘quv seminarlarini o‘tkazish va ushbu seminarlarga IMA va BIMT ekspertlarini pulsiz asosda jalb etishda ko‘maklashadi, konsulьtatsiya berilishini tashkillashtiradi, TIQQMining talabnomani elektron variantda topshirish imkoniyatini olishida yordam beradi.

TIQQMini tashkil etish tartibi


Region(xududlar,mintaqalar)da TIQQMini tashkil etish uchun dastavval hujjatlarni ishlab chiqish va IMAning vakolatli idorasi hamda region(xududlar,mintaqalar)dagi tashkilot yoki muassasa rahbariyati o‘rtasida bitim imzolash talab etiladi.

TIQQMini tashkil etish bo‘yicha loyiha doirasida quyidagi hujjatlar ishlab chiqiladi va imzolanadi:

TIQQMlarini tashkil etishda tashkilotlar va muassasalar uchun afzalliklar


  • 1. O‘zbekistonda TIQQMlarini tashkil etish bo‘yicha BIMT xalqaro loyihasi ishtirokchisining maqomini berish.

  • 2. Nafaqat referatlarga, balki to‘liq matnli patent ma’lumotlar bazalari (odatda foydalanuvchilar uchun pullik bo‘lgan) va patentsiz axborot resurslariga ham bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘lish.

  • 3. TIQQM xodimlarini patent ma’lumotlar bazalari bilan ishlash bo‘yicha IMA-BIMT seminarlarida bepul o‘qitish.

  • 4. DVD-ROM optik disklarda yoki boshqa turdagi axborot tashuvchilarda jamlangan patent hujjatlari komplektlari bilan ta’minlash.

  • 5. IMA va BIMT o‘rtasida imzolangan Hamjihatlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida patent-axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish.

  • 6. TIQQMlari xodimlarini bepul o‘qitish va TIQQM faoliyatiga oid masalalr bo‘yicha BIMT vakillari ishtirokida ilmiy-uslubiy hamda amaliy materiallar bilan ta’minlash.

  • 7. TIQQM xodimlarini BIMT Akademiyasi kurslarida (barcha ixtisoslashtirilgan kurslar bo‘yicha) masofadan turib bepul o‘qitish.

  • 8. Xorijiy ekspertlarni taklif etgan holda intellektual faoliyat natijalarini huquqiy muhofaza qilish va uning natijalaridan hamda individuallashtirish vositalaridan foydalanish nazariyasi va amaliyotiga doir dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiyalar va seminarlarni o‘tkazishda ko‘mak ko‘rsatish.

  • 9. Joylarga chiqib yoki videokonferentsiya aloqasini qo‘llagan holda IMAning etakchi mutaxassislari ishtirokidagi mavzuga doir uchrashuvlarda qatnashish.

  • 10. Intellektual faoliyat natijalarini huquqiy muhofaza qilish va ularning natijalaridan foydalanish asoslariga, qidiruv texnologiyalariga oid bo‘lgan BIMT va IMA tasarrufidagi ilmiy-uslubiy hamda axborot materiallari ta’minlash.

  • 11. Talabnomalarni elektron topshirish uchun TIQQMlarida ish o‘rinlarini tashkil etishga ko‘maklashish, tegishli dasturiy ta’minotni taqdim etish, markazlarga texnik va konsultativ yordam ko‘rsatish, mazkur masala yuzasidan TIQQMlari xodimlarini o‘qitish, talabnomani elektron topshirish va shu bilan birga patentlashtirish sarf-xarajatlarini kamaytirishga imkon beruvchi elektron imzo sertifikatlarini olishga bepul asosda ko‘maklashish.

TIQQM

_