Termiz shahrida Adliya va O’zbekiston Savdo sanoat palatasi hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda seminar o’tkazildi.

15.04.2021

Joriy yilning 15 aprel kuni Termiz shahrida Adliya va O’zbekiston Savdo sanoat palatasi hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi xodimlari tomonidan “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar o’tkazildi.

Mazkur seminarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining viloyatdagi hududiy bo‘linmalari, tadbirkorlik sub’ektlari, oliy ta’lim muassasalari, yirik sanoat korxonalari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk konsultativ markazi bulim boshligi F.T.Ergasheva O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4965-son qarori mazmun-mohiyati hamda intellektual mulkning obektlarining huquqiy muhofazasi haqida ma’ruza kildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan soha faoliyati bo‘yicha berilgan savollarga Intellektual mulk agentligi qoshidagi "Intellektual mulk konsultativ markazi" mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda javoblar berildi.

Tadbir so'ngida Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan ishtirokchilarga intellektual mulk sohasiga oid tarqatma materiallar, bukletlar tarqatildi. Seminar qizg'in savol-javoblar asosida, konstruktiv ruhda o'tdi.

_