Navbatdagi texnologiyalar va innovatsiyalar qo‘llab-quvvatlash markazi Toshkent davlat texnika universitetida tashkil etildi.

2019 yil 27-noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi delegatsiyasi va universitet rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Toshkent davlat texnika universitetida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini(TIQQM) tuzish masalasi muhokama qilindi.

Delegatsiya tashrifi doirasida TIQQMni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati va «Intellektual mulk consultativ markazi” hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida 20/ЦПТИ-sonli Bitim imzolandi..

__________