Andijon davlat universiteti TIQQMda navbatdagi seminar o’tkazildi.

17.10.2019

2019-yil 17-oktyabr kuni joriy yilda TIQQMda utkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarning tasdiqlangan reja-jadvali asosida Andijon davlat universitetida seminar o'tkazdi.

Seminarda Andijon davlat universititetining TIQQM va ilmiy xodimlari, yosh olimlari hamda viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalar professor-uqituvchilar tarkibi ishtirok etdi.

Seminarda Intellektual mulk agentliging vakillari tomonidan intellektual mulkning ob’ektlariga talabnomalar to’gri to’ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, IMOga tasnif, referat, formula va chizmalar tayorlash talablari to'g'risida ma'ruza qilindi.

Taqdimot yakunida seminar qatnashchilari o'zlarining intellektual mulk sohasiga oid savollariga javoblar olishdi.

Tadbir yakunida taqdimotda olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.

_