Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TIQQMda navbatdagi seminar o‘tkazildi.

27.11.2019

2019 yil 27 noyabr kuni TIQQMda seminarlar o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan tadbirlar reja-jadvali asosida Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ixtiro va foydali modellarga talabnomalar tuzish, chizmalarga talablar mavzusidagi seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida qatnashchilarga intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalarni tuzish, ularga tasnif, formula va referatlar tayyorlash tartibi hamda chizmalarga bo'lgan talablar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Seminarda ishtirokchilar intellektual mulk sohasidagi qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbirda taqdim etilgan mavzuni mustaxkamlash uchun ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bukletlar va materiallar tarqatildi.

_