Buxoro viloyati ta'lim muassasalarining TIQQMda navbatdagi sayyor seminar o’tkazildi.

11.12.2019

2019 yil 11 dekabr kuni TIQQMda 2019 yilda seminarlar o’tkazish bo’yicha tasdiqlangan tadbirlar reja-jadvali asosida Buxoro muxandislik texnologiya hamda Buxoro davlat tibbiyot institutlarida "Ixtiro va foydali modellarga talabnomalar tuzish, chizmalarga talablar" mavzusidagi navbatdagi seminar o’tkazildi.

Seminar davomida qatnashchilarga intellektual mulk ob'ektlariga talabnomalarni tuzish, ularga tasnif, formula va referatlar tayyorlash tartibi hamda chizmalarga bo'lgan talablar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Seminarda ishtirokchilar intellektual mulk sohasidagi qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga intellektual mulk to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan bukletlar va materiallar tarqatildi.

_