O’zbekiton Respublikasi Fanlar Akademiyasi S.Y.Yunusov nomidagi O’simliklar moddalari kimyosi instituti huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab –quvvattlash markazida seminar o’tkazildi.

17.03.2021

2021 yil 17 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Akademik S.Y.Yunusov nomidagi O’simliklar moddalari kimyosi instituti huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligi “Intelektual mulk konsultativ markazi” ning Texnologiya va innovatsiyalarni qo’llab-quvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi bilan birgalikda 2021 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan Tarmoqli reja jadvali asosida seminar o’tkazildi.

Seminarda institutning ilmiy xodimlar va yosh olimlar ishtirok etdi.

Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4965-son qarori mazmun-mohiyati hamda intellektual mulkning obektlariga talabnomalarni to’g’ri to’ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, IMOga tasnif, referat, formula va chizmalar tayyorlash talablari to’g’risida ma’ruza qilindi.

Tadbir yakunida taqdimotdan olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to’g’risidagi axborotlarni o’z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi. Ishtirokchilar kelgusida seminar va mahorat darslarini birgalikda o’tkazishni davom ettirish istagini bildirdilar.

_