06.09.2021
2021 yil 6 sentyabr kyni Andijon mashinasozlik institutida O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislarining institut rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazini (TIQQM) tuzish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida TIQQMni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom, Markaz faoliyatini tashkil etish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxati imzolandi. Shuningdek, Agentlikning Intellektual mulk konsultativ markazi hamda Andijon mashinasozlik instituti o‘rtasida 23/ TIQQM-sonli hamkorlik bitim imzolandi.