Navbatdagi seminar Farg’ona davlat universitetida o’tkazildi

08.09.2021

2021 yil 8 sentyabr kunida O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida Farg’ona davlat universitetida “Patent bazalari” va “Patent-axbarot qidiruvi” mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminarni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor O’rinov Akmaljon Ahmadjonovich ochib berdi.

Seminarda ilmiy xodimlar, yosh olimlar hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etdi.

Seminarda “Patent bazalaridan foydalanish” va “ Patent-axborot qidiruv tizimi” to'g'risida ma'ruza qilindi. Tadbir davomida “Patent-axborot qidiruv tizimi” haqida tushuncha berish bilan birgalikda intellektual mulkning obektlariga talabnomalarni to’g’ri to’ldirish, ularning mazmuni va talabnoma topshirish tartibi to’g’risida ham ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida taqdimotdan olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilarga intellektual mulk to’g’risidagi axborotlarni o’z ichiga olgan bukletlar topshirildi. Ishtirokchilar kelgusida seminar va mahorat darslarini birgalikda o’tkazishni davom ettirish istagini bildirdilar.

_