O’zbekiton Respublikasi Fanlar Akademiyasi S.Yu.Yunusov nomidagi O’simliklar moddalari kimyosi va Toshkent kimyo texnologiyalari institutlari huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab –quvvattlash markazida seminar o’tkazildi.

21.09.2021

2021-yil 21-sentyabr kuni O’zbekiston Respulikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida Akademik S.Yu.Yunusov nomidagi O’simlik moddalari kimyosi va Toshkent kimyo texnologiyalari institutlarida “Patent bazalari” va “Patent-axborot qidiruvi” mavzusida seminar o’tkazildi. Mazkur seminar karantin talablariga ko’ra online tarzda ZOOM dasturidan foydalangan holda tashkil etildi.

Online seminarda institutlarning professor-o’qituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi.

Seminarda “Patent bazalaridan foydalanish” va “Patent-axborot qidiruv tizimi” to'g'risida ma'ruza qilindi.

Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kelgusida seminar, mahorat darslarini birgalikda o’tkazishni davom ettirish istagini bildirdilar.

_