Oliy taʼlim muassasalarining Intellektual mulk sohasidagi norasmiy reytingi yuritiladi

15.01.2022

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 28 yanvardagi «Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori universitetlarda intellektual mulk sahosiga oid fanlarni joriy etish, intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni himoyalash masalalarini ko‘zda tutgan.

Bugun, mamlakatimizda qator rivojlangan davlatlarning oliy taʼlim muassasasi filiallarining tashkil etilishi mahalliy oliy o‘quv yurtlarida ham o‘zaro raqobatni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Chunki xorijiy oliy taʼlim muassasalari Intellektual mulkni deponentlashtirishga alohida eʼtibor qaratadi. Demak, Intellektual mulkni deponentlashtirish bilan ilmiy izlanishlar darajasining o‘sishiga erishiladi, natijada oliy taʼlim muassasasining nufuzi oshadi.

Maʼlumki, har qanday mualliflik obyekti muallif tomonidan qonuniy asosda boshqarilishi va tasarruf etilishi mumkin. Buning uchun dastlabki qadam – mualliflik obyektiga nisbatan davlat muhofazasini qo‘llash yaʼni ushbu obyektni deponentlash muhim hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, deponentlash bilan bog‘liq barcha ishlar Intellektual mulk agentligining Intellektual mulk konsultativ markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Intellektual mulk konsultativ markazi tomonidan o‘tkazilgan tahliliy hisobotlarga ko‘ra 2019 yilda deponentlangan mualliflik huquqi obyektlarining soni 737 tani tashkil qilsa, shulardan 400 tasi oliy taʼlim muassaslariga tegishliligi aniqlangan. 2020 yilda bu ko‘rsatgich 1176 tani tashkil qilib, shulardan 400 tasi oliy taʼlim muassasalariga tegishli. 2021 yilda esa bu ko‘rsatgich 1420 tani tashkil qilib, shulardan 1217 tasi oliy taʼlim muassasalariga tegishli. Kuzatuvlarimiz natijasida oliy taʼlim muassasalari orasida eng ko‘p deponentlangan mualliflik huquqi obyektlari Toshkent davlat yuridik va Farg‘ona davlat universitetlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Ushbu taxliliy hisobotlar asosida Intellektual mulk konsultativ markazi tomonidan tuzilgan norasmiy reyting natijasiga ko‘ra birinchi o‘ntalik ro‘yxati orasida yurtimiz oliy taʼlim muassasalarining ulushi mazkur diagrammada keltirilgan.

Maʼlumot uchun, deponentlash bilan bog‘liq barcha ishlar Intellektual mulk agentligining Intellektual mulk konsultativ markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Deponentlash uchun topshirilayotgan mualliflik huquqi obyektlarining katta qismini oliy taʼlim tizimida foydalanish uchun mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy, o‘quv-texnik qo‘llanmalar, darsliklar formatidagi elektron dasturlar tashkil etadi.

So‘nggi vaqlarda respublikamizdagi ilmiy tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalarida mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash ko‘rsatgichi sezilarli darajada o‘sganini ko‘rish mumkin. Mazkur diagramma 2015 yildan 2021 yilgacha Intellektual mulk agentligi tomonidan deponentlangan mualliflik huquqi obyektlarini sonini ko‘rsatmoqda

Bir so‘z bilan aytganda, yuqoridagi keltirilgan raqamlar oliy o‘quv yurtlarining Intellektual mulk salohiyatini belgilab bermoqda desak to‘gʼri bo‘ladi. Chunki taʼlim muassasalarining intellektual mulk obyektlarini deponentlash barcha sohalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish, masofaviy taʼlim faoliyatini tashkillashtirish, keng ommaning ulardan foydalanishi uchun imkon yaratadi.

_