Tasdiqlangan Tarmoqli reja-jadval doirasida TIQQMda navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi

30.03.2022

2022 yil 30-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4965-son qarori bilan tasdiqlangan Intellektual mulk (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari) sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2021 — 2023 yillarga mo‘ljallangan amaliy ishlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi va agentlikning konsultativ markazi mutaxassislari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi "Fizika-Quyosh" IIChB Fizika-texnika instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi S.Y.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi institutilari bilan birgalikda 2022 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tarmoqli reja-jadvali asosida “Sanoat namunasini huquqiy muhofaza qilish tartibi” va “EHM uchun dastrular va ma’lumotlar bazalarining huquqiy muhofazasi” mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi. Mazkur seminar onlayn tarzda ZOOM dasturidan foydalangan holda tashkil etildi.

Onlayn seminarda ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishdi. Seminar mavzusini Adliya Vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi “Sanoat namunalari” bo‘lim boshlig‘i O‘rinboyev A.J. yoritib berdi.

Seminarda Sanoat namunasi va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalariga talabnomalarni to‘g‘ri to‘ldirish, ularning mazmuni va topshirish tartibi, ariza, referat, listing, tavsif, chizma tayyorlash talablari to‘g‘risida batafsil ma’ruza qilindi.

Seminar yakunida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va kelgusida intellektual mulk sohasiga tegishli boshqa mavzular bo‘yicha ham seminar, mahorat darslarini birgalikda o‘tkazishni davom ettirish istagini bildirdilar.

_