Buxoro davlat tibbiyot instituti navbatdagi seminar o'tkazildi

13.06.2022

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 28 yanvardvgi PQ-4965-son Qarori bilan tasdiqlangan intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan dasturning tegishli bandiga asosan hududlarda sohaviy "fan — taʼlim — ishlab chiqarish" integratsiyalashuvini ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, taʼlim va ilm yoshlariga maxsus axborotlar bazasi, boshqa axborot resurslardan foydalanishni oʼrgatuvchi konferentsiyalar, taʼlim seminarlari, trening va davra suhbatlarini oʼtkazish xizmatlarini koʼrsatuvchi axborot maydonchalari yaratilishida TIQQMlar rolini oshirish belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Buxoro davlat universitetida joylashgan Texnologiya va innovatsiyalarni qoʼllab quvvatlash markazida "Sanoat namunalari, EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalariga xuquqiiy muxofaza berish" mavzusida seminar trening oʼtkazildi.

Seminarda "Intellektual mulk markazi"davlat muassasasi direktor urinbosari S. Mansurov, muassasa boʼlim boshligʼi S. Raxmanov hamda boʼlim xodimi B. Аbbasov sohaga doir maʼlumotlar bilan ishtirok etishdi.

Oʼtkazilgan oʼquv mashgʼulotining asosiy maqsadi Texnologiya va innovatsiyalarni kullab kuvvatlash markazlari faoliyatini muvofakiyatlashtirish hisoblanadi.

Taʼkidlanganidek, bu kabi Markazlar ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflarida patent tadqiqotlarini oʼtkazish, oʼz ishlanmalarini tijoratlashtirishda patent maʼlumotlaridan foydalanish boʼyicha zarur koʼnikmalarni shakllantiradi.

Darhaqiqat, Markaz universitet yosh tadqiqotchilariga intellektual faoliyat natijalarini yaratish, ulardan foydalanish va huquqiy muhofaza qilish masalalari boʼyicha maslahatlar beradi, ularga intellektual mulk sohasiga oid maxsus maʼlumotlar bazalari va boshqa axborot resurslaridan yanada kengroq foydalanish imkoniyatini yaratib beradi.

_