Termiz muhandislik-texnologiyalari institutida o‘ttizinchi TIQQM ochildi

29.09.2022

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 28-yanvardagi PQ – 4965-son Qarori bilan tasdiqlangan intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan dasturning tegishli bandiga asosan hududlarda sohaviy "fan – ta’lim – ishlab chiqarish" integratsiyalashuvini ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, ta’lim va ilm yoshlariga maxsus axborotlar bazasi, boshqa axborot resurslardan foydalanishni o‘rgatuvchi konferensiyalar, ta’lim seminarlari, trening va davra suhbatlarini o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi axborot maydonchalari yaratilishida TIQQMlar rolini oshirish belgilangan.

Mazkur topshiriqning ijrosi sifatida joriy yilning 29-sentyabr kuni Termiz muhandislik-texnologiyalari institutida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qо‘llab-quvvatlash markazi ochildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bu kabi Markazlar ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflarida patent tadqiqotlarini o‘tkazish, o‘z ishlanmalarini tijoratlashtirishda patent ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Darhaqiqat, Markaz institut yosh tadqiqotchilariga intellektual faoliyat natijalarini yaratish, ulardan foydalanish va huquqiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi, ularga intellektual mulk sohasiga oid maxsus ma’lumotlar bazalari va boshqa axborot resurslaridan yanada kengroq foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Shu bilan birgalikda institutning texnologiyalar va innovatsiyalarni qо‘llab-quvvatlash markazi faoliyatini tashkil etish va uning samaradorligini taʼminlash bо‘yicha seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi Axborot resurs va TIQQMBI bo‘lim boshlig‘i S. Raxmonov, ixtiro va foydali model bo‘limi yetakchi maslahatchisi Sh. Abdunabiyev hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi Sh. Xudaynazarovlar ishtirok etishdi.

_