TIQQMning intellektual mulk sohasi boʻyicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar oʻtkazildi

21.10.2022

Joriy yilning 19, 20, 21-oktabr kunlari Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, OʻzR FA "Fizika-quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika texnika instituti, Tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazida "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi xodimlari koʻmagida Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab–quvvatlash markazlarining intellektual mulk sohasi boʻyicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar oʻtkazildi.

Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash boʻlim boshligʻi S.Raxmanov, Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash boʻlim boshligʻi R.Sagdullayeva "Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash", Ixtirolar va foydali modellar boʻlim boshligʻi I.Abduqodirov "Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni", Geografik koʻrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari va EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari boʻlimi yetakchi maslaxatchisi B.Aymuratov "Sanoat namunalarini huquqiy muhofazasi" mavzusida maʼruzalar bilan chiqishdi.

_