Samarqandda TIQQMlar uchun seminar tashkil etildi

27.10.2022

Joriy yilning 27-oktabr kuni Samarqand davlat universiteti, Samarqand veterenariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi xodimlari ko‘makligida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi.

Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov va Mualliflik huquqi ob’ektlarini deponentlash bo‘lim boshlig‘i R.Sagdullayeva "Ixtirova foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni”, “Patent bazalari va patent axbolrot qidiruvi”, "Mualliflik huquqi obektlarini deponentlash" kabi ma’ruzalar bilan chiqishdi.

_