"Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi Toshkent davlat agrar universiteti hamda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutlarida navbatdagi seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Joriy yil 13 mart kuni Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazida seminarlar o‘tkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli rejasiga ko‘ra Toshkent davlat agrar universiteti hamda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutlari huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarida navbardagi “Selekiya yutuqlari bo‘yicha patent olishda hujjatlarni rasmiylashtirish” mavzusida seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutlari barcha ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilarni ishtirok etish uchun taklif etamiz.