Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti professor-o’qituvchilari, tadqiqotchi olimlari, doktarant va talabalariga seminar treningi oʻtkazildi.

2023 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi ixtirolar va foydali modellar bo’limi boshlig’i, texnika fanlari nomzodi I. Abdukadirovning ishtirokida “Ixtiro va foydali model -talabnomani tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni, Xorijda patentlash amaliyoti, Patentlashga oid turli savollar” mavzusida Geologiya fanlari universiteti tarkibiga kiruvchi Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti professor-o’qituvchilari, tadqiqotchi olimlari, doktarant va talabalariga seminar treningi oʻtkazildi.

Seminar davomida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, milliy va xorijiy patentlash amaliyoti, intellectual mulk portal va milliy baza ishlash boyicha ma’lumotlar berildi. O’tkazilgan seminar treyning samarali, savollarga to’la va ishtirokchilar tarafidan katta qiziqish bilan o’tdi.