28-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida yosh olimlar va mutaxassislarning yaratuvchanlik va intellektual taffakkurini o‘stirish shu bilan birga mintaqaviy brendlarni rivojlantirish, oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va boshqa tashkilotlarda yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilinishi mavzularida navbatdagi seminar hamda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi rahbari tomonidan sayyor qabullarni tashkil etish rejalashtirildi.

14.03.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk ob’etlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar o‘tkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida hamda "Kontrafaktsiz oy" oyligi yuzasidan joriy yilning 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” DM xodimlari ko‘makligida TIQQM larning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan Jizzax politexnika instituti va Guliston davtlat universitetlarida navbatdagi o‘quv seminar treningi o‘tkazildi.

Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qulay biznes muhitini yaratish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va infratuzilmalar bilan ta’minlanganlik darajasini yanada yaxshilash orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 6-sentabrdagi 500-son qarori amalga oshirish reja-jadvalining 5-bandida “Ixtirochilar, ratsionalizatorlar, biznes jamoalar, ta’lim va ilm-fanga qiziquvchi yoshlar uchun maxsus axborotlar bazasi hamda boshqa axborot resurslardan foydalanishni o‘rgatish” belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 23-apreldagi 66-um-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Ustavining 11-bandi ikkinchi xat boshida muassasaga mintaqaviy brendlarni rivojlantirish va huquqiy muhofaza qilinishi yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish vazifasi yuklatilgan.

_