“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Qaroqalpog‘iston Respublikasida sayyor qabul o‘tkazdi

28.03.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-sentabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qulay biznes muhitni yaratish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va infratuzilmalar bilan ta’minlanganlik darajasini yanada yaxshilash orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 500-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Intellektual mulk markazi rahbariyati tomonidan Qaroqalpog‘iston Respublikasida Intellektual mulk bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘limi boshlig‘i I.Abduqodirov hamda Tovar belgilari va xizmat ko‘rstish belgilari bo‘limi boshlig‘i S. Abdullayevlar “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni, Xorijda patentlash amaliyoti”, “Mintaqaviy brendlarni rivojlantirish, oliy ta’lim, ilmiy-taqiqot va boshqa tashkilotlarda yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofazasi” bo‘yicha seminar mashg‘uloti o‘tkazildi. Seminarda ixtirolar va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.

Ixtiro va foydali modellarga talabnoma topshirishda, shuningdek, ekpertiza bosqichida talabnomalar bo‘yicha yozishmalarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.

Qolaversa uchrashuv davomida tadbirkorlarning o‘z brendiga ega bo‘lishining afzalliklari, o‘z brendini yaratish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yo‘li bilan muhofaza qilish, tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish, tadbirkorlarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Muhokama Qaroqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, shahar-tuman davlat xizmati mutaxassislari, Qaroqalpoq davlat universiteti Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi mas’ullari, mintaqadagi ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, tadbirkorlik subyektlari ishtirokida konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi.

_