Samarqand shahrining oliy ta’lim muassasalarida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

11.04.2023

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obʼetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda joylardagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʼllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʼtkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Samarqand davlat universiteti TIQQMlari hamkorligida ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni”, “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzularida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar mavzularini Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov va Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov yoritib berdilar. Tadbirsh davomida ixtirolar va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish, ekspertiza jarayoni, shuningdek mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash masalalari alohida ko‘rib chiqildi va batafsil maʼlumotlar berildi.

_