Toshkent kimyo-texnologiya institutida navbatdagi Intellektual mulk sohasi bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

12.04.2023

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obʼetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda joylardagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʼllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʼtkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti TIQQMi hamkorligida ushbu muassasada faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun “Intellektual mulk obyektlarini muhafazalashdagi qonunchilik bo‘yicha tushunchalar”, “Intellektual mulk obyektlarini ilmiy-tadqiqot institutlarida qo‘llash samaradorligi” mavzularida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar mavzularini Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov va Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov yoritib berdilar. Tadbirsh davomida ixtirolar va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish, ekspertiza jarayoni, shuningdek mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash masalalari alohida ko‘rib chiqildi va batafsil maʼlumotlar berildi.

_