Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

13.04.2023

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obʼetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda joylardagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʼllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʼtkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 13-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti TIQQMi hamkorligida ushbu muassasada faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilari tarkibi uchun "Sanoat namunasining huquqiy muhofazasi", "Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish, ekspertiza jarayoni", "Xorijda patnetlash amaliyoti" mavzularida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari, EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari bo‘limining bosh maslaxatchisi B.Abbasov va Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim yetakchi maslaxatchisi Sh.Adunaiyevlar sanoat namunasi, ixtirolar va foydali modellarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish afzalliklari, talabnoma topshirish tartibi, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish masalalari ko‘rib chiqildi. Sanoat namunasi, ixtiro va foydali modellarni patentlashga oid turli savollarga javob va maʼlumotlar berildi.

_