Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening Urganch davlat universitetida tashkil etildi.

18.04.2023

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk obʼetlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash hamda joylardagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʼllab quvvatlash markazlari (TIQQM) da seminarlar oʼtkazish yuzasidan 2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi vakillari tomonidan Urganch davlat universiteti TIQQMli hamkorligida “Chet davlatlarda patent guvohnomalarini olish” hamda “Ixtiro va foydali modelga protatip tanlash” mavzularida seminar o‘tkazildi.

Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘limi boshligʻi S.Raxmonov hamda Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshligʻi I.Abduqadirov tomonidan mavzular yuzasidan taqdimotlar qilindi.

_