Urganch davlat universitetida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.

31.10.2023

2023 yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli reja asosida joriy yilning 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi vakillari tomonidan Urganch davlat universiteti TIQQMi hamkorligida oʻquv seminar-treningi oʻtkazildi.

Seminarda Intellektual mulk markazi direktor o‘rinbosari M.Mansurov, Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov, Geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘lim boshlig‘i A.O‘rinbayevlar tomonidan "Hududiy brendlarni geografik ko‘rsatkichlar bilan muhofaza qilish", "ip.adliya.uz" tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari" mavzularida maʼruzalar qilindi. Tadbirda taʼlim muassasasining rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari, shuningdek doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Albatta yurtimizning koʻplab hududlarida o‘tkazilayotgan bunday seminarlar barcha ishtirokchilarning intellektual mulk sohasidagi bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

_