Guliston davlat universitetida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi.

29.03.2024

Bugungi kunda ilm-fan va ta’lim inson faoliyatining barcha sohalariga yangi texnologiyalarni joriy etish, mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirish, turmush darajasini ko‘tarishning muhim shartiga aylanib bormoqda. Oliy ta’limning ijtimoiy mas’uliyati ko‘p jihatdan har bir insonning tez o‘zgaruvchan mehnat bozorida xaridorgir bo‘lib qolishi, rivojlanib borayotgan innovatsion iqtisodiyotda to‘laqonli ishtirok etishi va shu yo‘l bilan o‘z farovonligi hamda umuman, jamiyat farovonligini oshirishga imkon beradi. Shuning uchun ko‘pgina mamlakatlarda oliy ta’limni rivojlantirish strategiyasi milliy strategiya ustuvorliklari bilan belgilanib, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari yanada rivojlantirilmoqda.

Joriy yilning 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28 -yanvardagi «Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4965-son qarori ijrosini taʼminlash va «Intellektual mulk konsultativ markazi» davlat unitar korxonasi hamda oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida imzolangan bitimning 2.1.5-bandiga asosan 2024-yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli rejasiga muvofiq hamda “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi ustaviga asosan intellektual mulk obyeklarini huquqiy muhofaza qilinishi yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish maqsadida Guliston davlat universitetida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir Guliston davlat universiteti qoshida ochilgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazi yordamida tashkillashtirildi. Seminarda Intellektual mulk markazining TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov va Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi boshlig‘i A.O‘rinbayevlar o‘z maruzalari bilan ishtirok etishdi. Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘ngi yillarda Intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorolar haqida aytib o‘tildi. Hususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Tadbirlarda muassasaning ilmiy xodimlari, shuningdek doktarantlar, yosh ilmiy xodimlar ishtirok etishib oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

_