Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida Toshkent shahrining oliy ta’lim muassasalarida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminarlar tashkil etildi.

25.04.2024

Joriy yilning 23- va 25-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining bir qator mutahassislari ishtirokida TIQQMlarning intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyatini jonlantirish yuzasidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutlarida navbatdagi seminarlar o‘tkazildi.

Seminarda markazning mutahassislari R.Sagdullayeva, B.Karshiboyev, A.Xasanov, B.Abbasov, B.Kadirovalar tomonidan «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Ekspertiza jarayoni», ««ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari», «Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash tartibi», «EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi» mavzularida ma’ruzalar qilindi. Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘ngi yillarda Intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorolar haqida aytib o‘tildi. Xususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy faoliyati mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Uchrashuvlar konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berildi, mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

_