26-aprel Xalqaro intellektual mulk kuni munosabati bilan o‘tkazilgan anjuman.

26.04.2024

Joriy yilning 26 aprel kuni Toshkent shahrida Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Xalqaro intellektual mulk kuni”ga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi. Bu yilgi bayram tadbirlari “Intellektual mulk va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish: umumiy kelajak manfaatlari uchun innovatsiya va ijodkorlik” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. Anjumanda adliya vaziri Akbar Toshqulov, respublikamizning turli Vazirliklaridan vakillar, ilm-fan va texnologiyalarning innovatsion ijodkorligiga munosib hissa qo‘shgan fidoiy insonlar, shuningdek, hozirda soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan mutaxassislar ishtirok etdilar.

Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda intellektual mulk huquqini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilayotganligi, uning institutsional asoslarini takomillashtirish, sohada kadrlar tayyorlashga oid uzluksiz faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli dasturlar ishlab chiqilayotganligi masalalariga batafsil to‘xtab o‘tildi. Shu bilan birga intellektual mulk har qanday jamiyat taraqqiyotida salmoqli o‘rinlardan birini egallashi, fan, adabiyot va san’at asarlari hamda sanoat namunalari har bir davlatda huquqiy himoyaga ega bo‘lishi lozimligi alohida takidlandi. So‘nggi yillarda olib borilayotgan ishlar, sohada erishilgan yutuqlar va kelajak rejalar to‘g‘risida atroflicha fikrlar bildirildi. Anjuman so‘ngida Xalqaro Intellektual mulk kuni munosabati bilan mamlakatimizda soha rivojiga o‘z hisasini qo‘shib kelayotgan faollar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

_