Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi delligatsiyasi ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Adliya vazirligida sayyor qabul o‘tkazildi.

29.04.2024

Joriy yilning 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev boshchiligida hamda markazning tajribali mutaxassislari S.Raxmanov, E.Nishonov va B.Abbasovlar ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Adliya vazirligida Intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida intellektual mulk obektlarini huquqiy himoya qilish, muhofaza hujjati bo‘lgan patentning mohiyati va ahamiyati, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar bo‘yicha har tomonlama foydali bo‘lgan axborotlar berildi. Ushbu sayyor qabulda tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbirda qatnashgan ishtirokchilarga intellektual mulk bilan bo‘liq faoliyatlari jarayonida muammo tug‘dirayotgan savollarga javob berildi hamda intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini yaxshilash, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.

_