Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir qator oliy ta’lim muassasasalarida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-treninglar tashkil etildi.

29.04.2024

Bugungi kunda mamlakatimizda intellektual mulkni rivojlantirish va uni huquqiy himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Intellektual mulk har qanday jamiyat taraqqiyotida salmoqli o‘rinlardan birini egallashi, fan, adabiyot va san’at asarlari hamda sanoat mulki obyektlari har bir davlatda huquqiy himoyaga ega bo‘lishi lozim. So‘ngi yillarda mamlakatda intellektual mulk muhofazasi va himoyasi tizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi borasida bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda. Jumladan aholi o‘rtasida intellektual mulk muhofazasi sohasida huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini tashkillashtirish va o‘tkazishdan iborat. Joriy yilning 29-aprel kuni “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir qator ta’lim muassalasalirda, hususan Qoraqalpog‘iston davlat universiteti va Nukus davlat pedagogika institutlarida intellektual mulk sohasidagi huquqiy savodhonlikni oshirishga yo‘naltirilgan seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida intellektual mulk obektlarini huquqiy himoya qilish, muhofaza hujjati bo‘lgan patentning mohiyati va ahamiyati, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish bo‘yicha har tomonlama foydali bo‘lgan axborotlar berildi. Tadbirda qatnashgan ishtirokchilarga intellektual mulk bilan bo‘liq faoliyatlari jarayonida muammo tug‘dirayotgan savollarga javob berildi hamda intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini yaxshilash, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.

_