Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari qoshida tashkil etilgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarida navbatdagi davra suhbatlari o‘tkazildi.

25.04.2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi hamda institut o‘rtasida imzolangan bitimning 2.1.5-bandlariga asosan joriy yilning 24-aprel kuni TIQQMlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov, Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov, Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari bo‘limi boshlig‘i S.Abdullayev, Ish faoliyatini tashkillashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i E.Nishonov, Samarqand viloyati adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchisi X.Uzoqovlar ishtirokidagi delegatsiya tomonidan Samarqand davlat vetenariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Samarqand davlat universitetlarining huzuridagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarida 2024-yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli rejaga ko‘ra davra suhbati tarzida seminar o‘tkazilidi..

Tadbirda bugungi kunda mamTadbirda «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi. Tavsif, referat, formula va chizmalar tuzishga qo‘yiladigan talablar. Xalqaro patent klassifikatori. Ekspertiza jarayoni», ««ip.adliya.uz» tizimi orqali talabnomalarni topshirish tartiblari» mavzularida ma’ruzalar o‘tildi. Shuningdek tadbirlarda qatnashgan ishtirokchilarga intellektual mulk bilan bo‘g‘liq faoliyatlari jarayonida muammo tug‘dirayotgan savollarga javob berildi hamda intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.

_