Respublikamizda Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari soni o‘ttiz to‘rtaga yetdi.

29.05.2024

Hozirgi kunda yurtimizdagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, erkin iqtisodiy zonalar qoshida jami bo‘lib 33-TIQQM faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Joriy yilning 29-may kuni ularning soni yana bittaga ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4965-son Qarori bilan tasdiqlangan intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan dasturning tegishli bandiga asosan hududlarda sohaviy “fan — ta’lim — ishlab chiqarish” integratsiyalashuvini ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlarga maxsus axborotlar bazalari, shuningdek boshqa axborot resurslaridan foydalanishni o‘rgatuvchi konferensiyalar, ta’lim seminarlari, trening va davra suhbatlarini o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatuvchi axborot maydonchalari yaratilishida TIQQMlar rolini oshirish belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov, Texnologiyalar vainnovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Dasturiy va texnik ta’minot bo‘limi boshlig‘i M.Mirmaxmudov hamda Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi bosh maslaxatchisi B.Abbasovlar ishtirokida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazi tashkil etildi. Aytish joiz, Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflariga patent ma’lumotlaridan foydalanish va patent tadqiqotlarini o‘tkazish hamda o‘z ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirilishida xizmat qiladi.

_