Tasdiqlangan tarmoqli reja asosida "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" qoshida tashkil etilgan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazi bilan hamkorlik doirasida Navoiy viloyatida navbatdagi seminar-treninglar o‘tkazildi.

29.05.2024

Joriy yilning 29-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq hamda oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalari va aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida imzolangan bitimning 2.1.5-bandiga asosan 2024-yil uchun tasdiqlangan Tarmoqli rejasiga muvofiq hamda “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi ustaviga asosan intellektual mulk obyeklarini huquqiy muhofaza qilinishi yuzasidan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish maqsadida "Navoiy" Erkin iqtisodiy zonasi qoshida tashkil etilgan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazi ko‘magida davra suhbati tarzida seminar-trening o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov, Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i S.Raxmanov, Dasturiy va texnik ta’minot bo‘limi boshlig‘i M.Mirmaxmudov hamda Sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi bosh maslahatchisi B.Abbasovlar o‘z maruzalari bilan ishtirok etishdi. Uchrashuv konstruktiv muloqot doirasida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan bir qator savollarga markazning mutahassislari batafsil javoblar berdilar va shu bilan birgalikda mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy mehnat faoliyati mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

_