Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT)


Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari to‘g‘rida BIMT ma’lumoti: http://www.wipo.int/tisc/ru/.


Hurmatli Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari xodimlari va ushbu markazlar xizmatidan foydalanuvchilar

Sizga Butunjahon intellektual mulk tashkilotining www.wipo.int rasmiy saytida “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari” Xalqaro loyihasining yangi virtualь servislar ishlay boshlaganini ma’lum qilamiz. www.wipo.int

  • ijtimoiy media-platforma (eTISC);
  • patent ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha elektron qo‘llanma (e-Tutorial);
  • TIQQMlari bo‘yicha yangilangan sahifa va ma’lumotnoma.

eTISC TIQQMlari xodimlari va TIQQMlari tomonidan taklif etiladigan xizmatlardan foydalanuvchilarini TIQQMlari faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha axborot va tajriba almashinuvini ham milliy, ham xalqaro miqyosda amalga oshirishda qulay aloqa vostasi bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi. eTISC platformasi o‘z ishtirokchilari uchun turli mavzuga doir forumlar, diskussion guruhlar (ko‘ptilli interfeyslar vositasida), voqeliklar taqvimi, internet-jurnallar va boshqa turdagi xizmatlarni taklif etadi. TIQQMlari tarmog‘i loyihasining barcha ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tishga hamda ushbu virtualь uyushmada faol ishtirok etishga taklif etamiz.

eTISC ga kirish eTISC: http://etisc.wipo.org

e-Tutorial patent ma’lumotlaridan foydalanishda boshlovchi yoki tajribali foydalanuvchi ekanidan qat’iy nazar barcha foydalanuvchilarga patent qidiruvi va tahlili yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlarida ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan. Ko‘rsatilgan elektron o‘quv qo‘llanmasi, shuningdek yangilikni belgilash yuzasidan qidiruvni amalga oshirish, texnik daraja, XPS va ko‘plab boshqa mavzular bo‘yicha mashqlarni ham o‘z ichiga olgan.

e-Tutorialga kirish: http://www.wipo.int/tisc/en/etutorial

BIMT saytining TIQQMlariga oid yangilangan sahifasi bir qator takomillashtirishlarni, jumladan, doimiy tarzda yangilanib va to‘ldirilib turuvchi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari bo‘yicha ma’lumotnomani ham o‘z ichiga olgan.

TIQQMlari sahifasiga kirish: http://www.wipo.int/tisc

TIQQM

__