Xorazm viloyat Adliya boshqarmasi bilan xamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk muxofazasi” mavzusida seminar o’tkazildi.

Joriy yilning 5 iyul' kuni Xorazm viloyat Yuridik kollejida Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi xodimlari bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk muxofazasi” mavzusida ( Ergasheva F.) shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk huquqlarini ta'minlash” mavzularida ( Allayorov V.) tomonidan ma'ruzalar o‘qildi.

Mazkur o‘quv seminarda tuman (shahar) adliya bo‘limlari, viloyatdagi Davlat xizmatlari markazlari direktorlari, tadbirkorlik sub'ektlari vakillari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan soha faoliyati bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda javoblar berildi.

Seminar yakunida yoritib berilgan ma’lumotlarni mustaxkamlash maqsadida ishtirokchilarga soxaga oid buklet va qo‘shimcha materiallar tarqatildi

__________